Asosiy qismga o‘tish
JamalsInternational Academy

Toshkent · 2020-yildan buyon

SAT O‘zbekistonga biz bilan keldi.

2020-yilda bu imtihonni mamlakatning bir foizi bilardi. Bugun to‘qson foizi biladi. Oradagi yo‘lni biz ochganmiz — endi shu yo‘ldan sizni olib o‘tamiz.

10 000+
o‘quvchi biz bilan o‘qigan
5 000+
o‘quvchi SATdan 1350+ ball to‘plagan
1 000+
o‘quvchi yetakchi universitetlarga qabul qilingan

Biz kimmiz

Bu imtihonni mamlakatga tanitgan jamoa

Jamals International Academy 2020-yilda tashkil topgan. O‘sha paytda O‘zbekistonda SAT bo‘yicha na dastur, na darslik, na o‘zbek tilidagi manba bor edi. Birinchi darslarni biz o‘tkazdik va butun tizimni noldan qurdik. Bugun akademiyada uchta yo‘nalish ochiq — SAT, GMAT va Admissions — yana ikkitasi yo‘lda.

Marifat Jamal — Jamals International Academy asoschisi

Marifat Jamal

Asoschi va bosh ustoz

@marifat_jamal

Asoschi

  • SAT

    1590

  • IELTS

    8.5

  • Universitet

    Columbia University

2020-yilda O‘zbekistonda SAT nima ekanini deyarli hech kim bilmasdi. Bu imtihon haqida mamlakat aholisining bir foizga yaqini eshitgan edi — qolganlari uchun bunday yo‘l umuman mavjud emas edi.

Marifat Jamal shu yerdan boshladi. O‘zbekistonda SAT bo‘yicha birinchi darslarni aynan shu jamoa o‘tkazdi. O‘sha paytda tayyor dastur ham, darslik ham, o‘zbek tilidagi manba ham yo‘q edi — hammasi noldan qurildi.

Bugun SAT haqida mamlakatning qariyb to‘qson foizi biladi. Har yili minglab o‘quvchi bu yo‘l orqali xalqaro universitetlarga hujjat topshiradi. O‘zbekistonda SATni ochgan, o‘rgatgan va oddiy so‘zga aylantirgan inson — Marifat Jamal.

O‘zbekistonda SATni bir foiz bilardi. Bugun to‘qson foiz biladi.

Qisqacha

  • Minglab o‘quvchini SAT va admissions jarayoniga tayyorlagan mentor
  • Yuzlab xalqaro universitetga grant asosida qabul natijalari
  • O‘zbekistonda SAT bo‘yicha birinchi darslarni boshlagan jamoa

Ustozlar

Bu yerdagi har bir ball — shu jamoadagi ustozning o‘z bali

Eng yuqori balimiz — 1570. Bu reklama raqamlari emas, bu shunchaki bizning ustozlarimiz, va har biri rasmiy ball hisobotida qayd etilgan.

Bitiruvchilarimiz

Bu yo‘ldan o‘tganlar

Ba‘zilari bugun o‘zi SAT o‘rgatadi. O‘zbekistonda bu imtihonni o‘rgatayotgan odamlarning bir qismi shu yerda o‘rgangan.

Yo‘nalishlar

Uchta yo‘nalish ochiq. Yana ikkitasi tez orada.

Har bir kurs bir xil mantiqda qurilgan: avval sizning aniq darajangiz o‘lchanadi, keyin faqat kerakli mavzular ustida ishlanadi.

Qabul stoli

Qaysi kursni tanlashni o‘zingiz hal qilmaysiz

Ro‘yxatni o‘qib chiqishingiz shart emas. Bitta savolga javob bering — qaysi dastur sizniki ekanini biz aytamiz.

1-savol

Sizga nima kerak?

2-savol

Darslar qayerda bo‘lsin?

Javoblardan birortasi to‘g‘ri kelmadimi? Qo‘ng‘iroq qiling +998 78 113 39 99

Javobimiz

SAT

Noldan boshlab 1500+ ballga chiqasiz.

Kimlar uchun
9–12-sinf o‘quvchilari va bitiruvchilar
Davomiyligi
Darajangizga qarab
Narxi
Oyiga 1 500 000 so‘mdan

5 ta bosqich bor.

Qaysi bosqichdan boshlashingizni o‘zingiz tanlamaysiz — diagnostika aniqlaydi.

Javobimiz

Online Premium

Uydan turib 1500+ ga tayyorlanasiz.

Kimlar uchun
Viloyatdan yoki chet eldan qatnashadiganlar
Davomiyligi
6 oy · 132 dars
Narxi
3 600 000 so‘m 6 oy uchun

60 ta video dars, 72 ta jonli dars. Har hafta uy vazifasi tekshiriladi.

Javobimiz

SAT + Admission mentorship

Ball, hujjat va visani bitta tizimda olib borasiz.

Kimlar uchun
Chet el universitetiga topshirmoqchi bo‘lganlar
Davomiyligi
6 oy
Narxi
3 600 000 so‘m dan boshlab

3 ta tarif bor.

Javobimiz

Admissions

Universitet tanlaysiz, insho yozasiz, grant so‘raysiz.

Kimlar uchun
Bali bor va hujjat topshirishga o‘tayotganlar
Davomiyligi
Paketga qarab — 1 oydan boshlab
Narxi
$600 dan boshlab

7 ta paket bor.

Hozircha faqat onlayn. Bitta paket oktabrgacha chegirmada.

Javobimiz

GMAT

Biznes maktabiga tayyorlanasiz.

Kimlar uchun
Bakalavr bitiruvchilari va ishlayotgan mutaxassislar
Davomiyligi
Guruh jadvaliga qarab — qo‘ng‘iroqda aytamiz
Narxi
2 200 000 so‘m oyiga

Markazda ham, onlayn ham o‘tiladi.

Javobimiz

Qo‘ng‘iroq qiling

Bilmaslik — normal. Ko‘pchilik shu yerdan boshlaydi.

Diagnostika sizning darajangizni aniqlaydi, qaysi dastur to‘g‘ri kelishini esa biz aytamiz.

Bu yerda faqat eng asosiysi turadi. Qolganini call center telefonda tushuntiradi.

Bularning hammasi qanday bog‘lanishini ko‘rmoqchimisiz?

Butun yo‘lni o‘qish

Birinchi qadam

Avval qayerda turganingizni bilib oling

Professional diagnostika — bu kurs emas, bir martalik sinov. To‘liq imtihon sharoitida test topshirasiz va bo‘lim kesimida batafsil hisobot olasiz: qaysi mavzu kuchli, qaysi biri ballingizni ushlab turibdi. Shundan keyingina qaysi guruhga yozilish kerakligi aniq bo‘ladi.

  • To‘liq imtihon sharoitida
  • Bo‘lim va mavzu kesimida hisobot
  • Ustoz sharhi va tavsiya etilgan yo‘nalish
Diagnostikaga yozilish

Test hozircha sherik platformada ochiladi.

Birinchi dars bepul

SAT natijalari

Biz ball sotmaymiz — o‘sish beramiz

Har bir chiziq — bitta o‘quvchi. Chapda diagnostikada olgan bali, o‘ngda imtihonda olgan bali. Muhimi qayerdan boshlagani emas, qancha ko‘tarilgani.

10001200135015001600diagnostikaimtihon

O‘rtacha

+271

ball o‘sish

103 nafari 1350 chizig‘idan o‘tgan. Istalgan chiziqni tanlang.

Qanday ishlaydi

Balldan universitetgacha — to‘rt bosqich

  1. 01

    Diagnostika

    To‘liq imtihon sharoitida test topshirasiz. Natijada aniq daraja hisoboti — taxmin emas, raqam.

  2. 02

    Dastur

    Hisobotga qarab guruh va reja tanlanadi. Faqat sizning ballingizni ushlab turgan mavzular ustida ishlanadi.

  3. 03

    Mock imtihonlar

    Muntazam to‘liq imtihonlar va har biridan keyin ustoz bilan yakka tahlil.

  4. 04

    Admissions

    Universitet ro‘yxati, insho, tavsiyanoma va grant so‘rovi — mentor bilan birga.

Ball nimani ochadi

Har bir yuz ball — boshqa eshik

  1. 1200

    Birinchi eshik

    O‘zbekistondagi xalqaro universitetlar va davlat grant dasturlari uchun jiddiy nomzod bo‘lasiz.

  2. 1350

    Yo‘lingiz ochiladi

    Chet el universitetlariga hujjat topshirish real bo‘ladi. O‘quvchilarimizdan 5 000 dan ortig‘i shu chegaradan o‘tgan.

  3. 1500+

    Dunyo ochiladi

    Eng yuqori darajadagi universitetlar va to‘liq grant uchun kurashadigan darajaga chiqasiz.

Ular hozir qayerda

Toshkentdan chiqib, dunyoga tarqalgan

Bu o‘tgan zamon emas. Mana bizning o‘quvchilarimiz ayni damda qaysi shaharlarda o‘qiyapti.

Aylantirish uchun torting · shaharni bosing

4 000+
o‘quvchi bizda SAT tayyorgarligini o‘tib, yetakchi universitetlarga kirgan

30+ o‘quvchi admissions dasturini tugatgan va ularning har biri dunyoning eng yaxshi ellik universitetidan biriga qabul qilingan.

9

davlat

30+

admissions bitiruvchisi

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

  • Tayyorgarlikni qayerdan boshlash kerak?

    Professional diagnostikadan. To‘liq imtihon sharoitida bir marta test topshirasiz va aniq daraja hisobotini olasiz — qaysi bo‘lim kuchli, qaysi biri ballni ushlab turibdi. Shundan keyingina qaysi kursga yozilish kerakligi aniq bo‘ladi.

  • Online va offline darslar orasida farq bormi?

    Dastur, ustozlar va uy vazifasi tizimi bir xil. SAT va GMAT ham online, ham offline o‘tiladi — viloyatdan yoki chet eldan qatnashayotgan o‘quvchi ham xuddi shu darsni oladi. Admissions hozircha faqat online; offline tez orada.

  • Sinov darsi bormi?

    Ha — birinchi dars bepul. Hech narsa to‘lamasdan darsga kirasiz, ustozni ko‘rasiz, guruhning sur‘atini his qilasiz. Shundan keyin qaror qilasiz.

  • Guruhlar qachon boshlanadi?

    Har bir kursning sahifasida keyingi guruh sanasi, dars kunlari va vaqti yozilgan. Sanalar to‘lib qolsa yoki sizga to‘g‘ri kelmasa — ariza qoldiring, keyingi to‘lqinga yozib qo‘yamiz.

  • Ustozlaringizning o‘z ballari qanday?

    Ustozlarimizning eng yuqori SAT bali — 1570, undan keyin 1560 va 1530. Asoschimiz Marifat Jamalning bali — 1590 (EBRW 790, Math 800). Ballni biz faqat rasmiy hisobot bo‘yicha e’lon qilamiz; qolgan ustozlarni esa o‘z yo‘nalishi bilan tanishtiramiz — Reading, Writing, Matematika. Ustozning ismini va balini so‘rashga haqlisiz, biz ham shuni tavsiya qilamiz.

  • Ball kafolati berasizmi?

    Yo‘q, va buni ochiq aytamiz. Hech bir markaz sizning o‘rningizga imtihon topshirmaydi. Biz kafolat beradigan narsa — dastur, ustoz darajasi va nazorat. Natija shu uchtasi bilan sizning mehnatingiz qo‘shilganda chiqadi.

  • Universitetga hujjat topshirishda yordam berasizmi?

    Ha, bu alohida yo‘nalish — Admissions kursi. Universitet ro‘yxatini tuzish, shaxsiy insho, tavsiyanomalar, moliyaviy yordam va grant so‘rovi — jarayonning har bir bosqichida mentor bilan ishlaysiz.

  • Yosh chegarasi bormi?

    SAT odatda 9–12-sinf o‘quvchilari uchun. GMAT — bakalavr bitiruvchilari va ishlayotgan mutaxassislar uchun. Diagnostika har qanday yoshda ochiq.

Ariza

Birinchi qadamni qo‘ying

Ma‘lumotlaringizni qoldiring — biz bog‘lanamiz, darajangizni aniqlaymiz va qaysi yo‘nalish mos kelishini aytamiz.

Ish vaqti
Dushanba – Shanba, 10:00 – 20:00

Ism va telefon raqamingizni qoldiring

Ish vaqtida 2 soat ichida qo‘ng‘iroq qilamiz. Birinchi dars bepul.