Asosiy qismga o‘tish
JamalsInternational Academy

Aloqa

Biz bilan bog‘laning

Ma‘lumotlaringizni qoldiring — biz bog‘lanamiz, darajangizni aniqlaymiz va qaysi yo‘nalish mos kelishini aytamiz.

Qayerdamiz

Bitta manzil — Toshkentda

Qaror qilishdan oldin kelib ko‘ring. Birinchi dars bepul, atrofni ko‘rish uchun oldindan yozilish shart emas.

Toshkent

Xarita ma’lumotlari © OpenStreetMap
Manzil
Toshkent, Bunyodkor stadioni yonida
Chilonzor tumani, Chilonzor-6 mahallasi, 100096
Mo‘ljal
Milliy stadion (avvalgi Bunyodkor stadioni) — bizdan taxminan 500 metr janubda.
Ish vaqti
Dushanba – Shanba, 10:00 – 20:00

Taksi chaqirsangiz, haydovchi odatda Yandex bilan yuradi. Yandex havolasini yuboring — shunda manzil aniq tushadi.

Metro, avtomobil va piyoda

Eng yaqin bekat — Mirzo Ulug‘bek (Chilonzor liniyasi), to‘g‘ri chiziq bo‘yicha taxminan 270 metr. Novza bekati taxminan 1.2 km.

Piyoda necha daqiqa ekanini biz yozmaymiz, chunki hali o‘lchamaganmiz. Yo‘lda Bunyodkor shoh ko‘chasidan o‘tish kerak va bu vaqtni uzaytiradi. Aniq raqam bo‘lganda shu yerga yozamiz.

Bizning avtoturargohimiz yo‘q. Stadionning avtoturargohi bor, lekin u stadionniki — biz uni va‘da qila olmaymiz va har kuni ochiq bo‘lishiga kafolat bermaymiz.

Boshqa shahar haqida so‘rayapsizmi? Filiallar

Ariza

Birinchi qadamni qo‘ying

Ma‘lumotlaringizni qoldiring — biz bog‘lanamiz, darajangizni aniqlaymiz va qaysi yo‘nalish mos kelishini aytamiz.

Ish vaqti
Dushanba – Shanba, 10:00 – 20:00

Ism va telefon raqamingizni qoldiring

Ish vaqtida 2 soat ichida qo‘ng‘iroq qilamiz. Birinchi dars bepul.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

  • Tayyorgarlikni qayerdan boshlash kerak?

    Professional diagnostikadan. To‘liq imtihon sharoitida bir marta test topshirasiz va aniq daraja hisobotini olasiz — qaysi bo‘lim kuchli, qaysi biri ballni ushlab turibdi. Shundan keyingina qaysi kursga yozilish kerakligi aniq bo‘ladi.

  • Online va offline darslar orasida farq bormi?

    Dastur, ustozlar va uy vazifasi tizimi bir xil. SAT va GMAT ham online, ham offline o‘tiladi — viloyatdan yoki chet eldan qatnashayotgan o‘quvchi ham xuddi shu darsni oladi. Admissions hozircha faqat online; offline tez orada.

  • Sinov darsi bormi?

    Ha — birinchi dars bepul. Hech narsa to‘lamasdan darsga kirasiz, ustozni ko‘rasiz, guruhning sur‘atini his qilasiz. Shundan keyin qaror qilasiz.

  • Guruhlar qachon boshlanadi?

    Har bir kursning sahifasida keyingi guruh sanasi, dars kunlari va vaqti yozilgan. Sanalar to‘lib qolsa yoki sizga to‘g‘ri kelmasa — ariza qoldiring, keyingi to‘lqinga yozib qo‘yamiz.

  • Ustozlaringizning o‘z ballari qanday?

    Ustozlarimizning eng yuqori SAT bali — 1570, undan keyin 1560 va 1530. Asoschimiz Marifat Jamalning bali — 1590 (EBRW 790, Math 800). Qolgan ustozlarni o‘z yo‘nalishi bilan tanishtiramiz — Reading, Writing, Matematika. Ustozning ismini va balini so‘rashga haqlisiz, biz ham shuni tavsiya qilamiz.

  • Ball kafolati berasizmi?

    Yo‘q, va buni ochiq aytamiz. Hech bir markaz sizning o‘rningizga imtihon topshirmaydi. Biz kafolat beradigan narsa — dastur, ustoz darajasi va nazorat. Natija shu uchtasi bilan sizning mehnatingiz qo‘shilganda chiqadi.

  • Universitetga hujjat topshirishda yordam berasizmi?

    Ha, bu alohida yo‘nalish — Admissions kursi. Universitet ro‘yxatini tuzish, shaxsiy insho, tavsiyanomalar, moliyaviy yordam va grant so‘rovi — jarayonning har bir bosqichida mentor bilan ishlaysiz.

  • Yosh chegarasi bormi?

    SAT odatda 9–12-sinf o‘quvchilari uchun. GMAT — bakalavr bitiruvchilari va ishlayotgan mutaxassislar uchun. Diagnostika har qanday yoshda ochiq.