Aloqa
Biz bilan bog‘laning
Ma‘lumotlaringizni qoldiring — biz bog‘lanamiz, darajangizni aniqlaymiz va qaysi yo‘nalish mos kelishini aytamiz.
Ariza
Birinchi qadamni qo‘ying
Ma‘lumotlaringizni qoldiring — biz bog‘lanamiz, darajangizni aniqlaymiz va qaysi yo‘nalish mos kelishini aytamiz.
- Telefon
- +998 78 113 39 99
- Ish vaqti
- Dushanba – Shanba, 10:00 – 20:00
Ism va telefon raqamingizni qoldiring
Savollar
Ko‘p so‘raladigan savollar
Tayyorgarlikni qayerdan boshlash kerak?
Professional diagnostikadan. To‘liq imtihon sharoitida bir marta test topshirasiz va aniq daraja hisobotini olasiz — qaysi bo‘lim kuchli, qaysi biri ballni ushlab turibdi. Shundan keyingina qaysi kursga yozilish kerakligi aniq bo‘ladi.
Online va offline darslar orasida farq bormi?
Dastur, ustozlar va uy vazifasi tizimi bir xil. SAT va GMAT ham online, ham offline o‘tiladi — viloyatdan yoki chet eldan qatnashayotgan o‘quvchi ham xuddi shu darsni oladi. Admissions hozircha faqat online; offline tez orada.
Sinov darsi bormi?
Ha — birinchi dars bepul. Hech narsa to‘lamasdan darsga kirasiz, ustozni ko‘rasiz, guruhning sur‘atini his qilasiz. Shundan keyin qaror qilasiz.
Guruhlar qachon boshlanadi?
Har bir kursning sahifasida keyingi guruh sanasi, dars kunlari va vaqti yozilgan. Sanalar to‘lib qolsa yoki sizga to‘g‘ri kelmasa — ariza qoldiring, keyingi to‘lqinga yozib qo‘yamiz.
Ustozlaringizning o‘z ballari qanday?
Ustozlarimizning eng yuqori SAT bali — 1570, undan keyin 1560 va 1530. Asoschimiz Marifat Jamalning bali — 1590 (EBRW 790, Math 800). Ballni biz faqat rasmiy hisobot bo‘yicha e’lon qilamiz; qolgan ustozlarni esa o‘z yo‘nalishi bilan tanishtiramiz — Reading, Writing, Matematika. Ustozning ismini va balini so‘rashga haqlisiz, biz ham shuni tavsiya qilamiz.
Ball kafolati berasizmi?
Yo‘q, va buni ochiq aytamiz. Hech bir markaz sizning o‘rningizga imtihon topshirmaydi. Biz kafolat beradigan narsa — dastur, ustoz darajasi va nazorat. Natija shu uchtasi bilan sizning mehnatingiz qo‘shilganda chiqadi.
Universitetga hujjat topshirishda yordam berasizmi?
Ha, bu alohida yo‘nalish — Admissions kursi. Universitet ro‘yxatini tuzish, shaxsiy insho, tavsiyanomalar, moliyaviy yordam va grant so‘rovi — jarayonning har bir bosqichida mentor bilan ishlaysiz.
Yosh chegarasi bormi?
SAT odatda 9–12-sinf o‘quvchilari uchun. GMAT — bakalavr bitiruvchilari va ishlayotgan mutaxassislar uchun. Diagnostika har qanday yoshda ochiq.

