Asosiy qismga o‘tish
JamalsInternational Academy

Ish

Bu yerda ustoz bo‘lish

Ariza berishdan oldin bilib qo‘ying: bu yerda ish qanday o‘lchanadi va nima talab qilinadi. Sahifa ochiq — ota-onalar ham o‘qiydi.

Ikkita qoida

Ish uchun arizamizda ikkita jumla bor. Ular reklama emas — ishga qabul qilishda haqiqatan shu ikkitasiga qaraymiz.

Birinchisi: «Savollarga aniq javob bering — umumiy gaplar bizga hech narsa aytmaydi.»

Ikkinchisi: «Bitta qoida: ishni AI bilan qilasizmi yoki qo‘lda — biz uchun farqi yo‘q. Muhimi: so‘ralgan narsani vaqtida va yaxshi holatda qilib berish.»

Ikkinchisini alohida ta’kidlaymiz, chunki ko‘p joyda buning aksi aytiladi. Bizni jarayon emas, natija qiziqtiradi.

Ish yozib boriladi

Bu yerda ustozning ishi haqida ma’lumot tizimlarda saqlanadi, va buni ariza berishdan oldin bilib qo‘yganingiz ma’qul.

Dars belgilangan vaqtda boshlandimi, davomat olindimi, uy vazifasi berildimi — bularning har biri qayd etiladi. Bosh ustoz darslarni kuzatadi. O‘quvchilar QR orqali har bir ustozga baho beradi.

Bu nazorat uchun emas, aniqlik uchun. Ota-ona «farzandimning darsi bo‘ldimi» deb so‘raganda, javob xotiradan emas, yozuvdan chiqadi.

Support ustoz

Arizada support ustoz SAT ustoz bilan bitta yo‘nalish ostida turadi. Bu pastroq daraja emas — boshqa ish.

Support ustoz darslardan keyin o‘quvchilar bilan ishlaydi: yuqori ballga tezroq chiqishlari uchun.

Ustozlar sahifasida bu roldagi ustozlarning ballari ham xuddi shunday ochiq turibdi. O‘zingiz solishtiring.

Ariza berish

Ariza ariza.jamals.uz manzilida. Formani to‘ldirasiz, oxirida chiqadigan matnni nusxalab bizga yuborasiz.

Ikkita yo‘nalish bor: ustozlik (SAT ustoz va support teacher) va boshqa yo‘nalishlar. Savollar tanlovingizga qarab o‘zgaradi.

Savolingiz qoldimi?

Telefon raqamingizni qoldiring — 2 soat ichida qo‘ng‘iroq qilamiz va javob beramiz.

Ariza qoldirish

Birinchi dars bepul

Ariza

Birinchi qadamni qo‘ying

Ma‘lumotlaringizni qoldiring — biz bog‘lanamiz, darajangizni aniqlaymiz va qaysi yo‘nalish mos kelishini aytamiz.

Ish vaqti
Dushanba – Shanba, 10:00 – 20:00

Ism va telefon raqamingizni qoldiring

Ish vaqtida 2 soat ichida qo‘ng‘iroq qilamiz. Birinchi dars bepul.